Kristian Pulishich «Udineze» darvozasiga kiritgan golini nima uchun darhol nishonlamaganini tushuntirdi!
Amerikalik futbolchi ofsayddan xavotir olganini tan oldi: o'tgan hafta uning goli ofsayd tufayli bekor qilingandi. Bu safar esa hammasi joyida edi — Luka Modrichning uzatmasini ajoyib qabul qilib oldi va aniq zarba yo'lladi.
👕 Gol urganidan keyin futbolka kimga nasib etdi? Onasiga!
Pulishich, shuningdek, «Milan» birinchi daqiqalardan boshlab yuqori intensivlikda o'ynashi kerakligini ta'kidladi, yetakchilikni esa maydonda isbotlashni ma'qul ko'radi.
Oldinda «Bolonya», undan keyin esa «Inter» bilan derbi kutib turibdi. «Oltin to'p» uchun favorit haqidagi savolga esa Kristian bitta nom bilan javob berdi: Mbappe. 👀
Pulishichning tanlovi bilan rozimisiz? 🏆
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!