Paolo Zanetti «Udinese» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Paolo Zanetti «Udinese» jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'ldi. Kelishuv mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
Paolo Zanetti de-fakto «Udinese»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi. Kelishuv mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan bo'lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
U bilan birga Udinega uning uzoq yillik yordamchisi Alberto Bertolini ham keladi. Rasmiy press-reliz ertaga ertalabgacha e'lon qilinishi kutilmoqda.