Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Udinese — yangiliklari Umumiy

Udinese va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Matteo Palma Italiya terma jamoasini tanladi

Matteo Palma Italiya terma jamoasini tanladi

Matteo Palma Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi. Himoyachi Germaniya, Avstriya va Kamerun variantlaridan voz kechdi.

Matteo Palma Italiya terma jamoasini tanladi.

Himoyachi yakunda «Adzurra» foydasiga tanlov qildi. Dastlab Roberto Manchini uni Millatlar ligasi o'yinlari uchun qaydnomaga kiritmagan edi, biroq Janluka Manchini jarohat olganidan so'ng, aynan Palma o'rnini to'ldirish uchun birinchi nomzodga aylandi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi Germaniya, Avstriya va Kamerun terma jamoalarida ham o'ynashi mumkin edi.

Udinese prezidenti Jampaolo Potstso kasalxonaga yotqizildi

Udinese prezidenti Jampaolo Potstso kasalxonaga yotqizildi

Udinese klubi prezidenti Jampaolo Potstso pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Uning ahvoli barqaror.

Jampaolo Potstso pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

"Udinese" matbuot xizmati xabar berishicha, klub prezidenti Jampaolo Potstso hozirda Udine shahridagi shifoxonada bo'lib, u yerga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

Uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Bemor tibbiyot xodimlari nazorati ostida.

Potstso oilasi vaziyat ijobiy yakunlanishiga ishonch bildirgan holda, g'amxo'rlik, qo'llab-quvvatlash va e'tibor ko'rsatayotgan barchaga minnatdorchilik bildiradi.

Biz ham qo'llab-quvvatlash so'zlariga qo'shilamiz va Paronga tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz!

Udinese muxlislari jamoa o'yinchilari bilan uchrashdi

Udinese muxlislari jamoa o'yinchilari bilan uchrashdi

Udinese muxlislari ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng jamoa vakillari bilan uchrashib, tushuntirish talab qilishdi.

"Udineze" ultraslari jamoa o'yinchilari bilan hisob-kitob qilishga urinishdi.

"Lechche"dan uyda qabul qilib olingan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, bu friulliklar uchun Serie A'dagi ketma-ket 5-mag'lubiyat bo'ldi. Curva Nord faollari stadion oldidagi avtoturargohga kelib, dahshatli natijalar uchun izoh talab qilishdi.

Natijada, ultras oldiga 3 nafar vakil chiqdi. Ular orasida ko'pchiligingiz "Udineze" va "Napoli"dagi o'yinlari orqali yaxshi taniydigan Gekxan Inler ham bor edi.

Udinese Mandragora ishi bo'yicha to'liq oqlandi

Udinese Mandragora ishi bo'yicha to'liq oqlandi

Udinese klubi va uning rahbarlari Rolando Mandragoraning transferi bilan bog'liq soliq ishi bo'yicha sud tomonidan to'liq oqlandi.

"Udinese" Mandragora ishi bo'yicha yakuniy oqlandi.

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) sport sudi tomonidan avvalroq chiqarilgan oqlov qaroridan so'ng, "Udinese", klub prezidenti Franko Soldati va vitse-prezident Stefano Kampochcha Italiya umumiy yurisdiksiya sudi tomonidan ham Rolando Mandragoraning "Udinese"dan "Yuventus"ga transferi bilan bog'liq soliq to'lashdan bo'yin tovlash ayblovlari bo'yicha yakuniy oqlandilar.

Shu tariqa, qabul qilingan qaror ko'p yillik ishga nuqta qo'ydi va masala ham sport, ham fuqarolik sudlarida yopildi.

"Udinese" vitse-prezidenti Stefano Kampochcha sud qarorini sharhlar ekan, shunday dedi:

Biz hech qanday jinoyat sodir etmaganmiz. Ushbu oqlanish odil sudlovga ishonish kerakligini ko'rsatib berdi.
Maduka Okoye Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi noroziligiga sabab bo'ldi

Maduka Okoye Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi noroziligiga sabab bo'ldi

Maduka Okoye Nigeriya terma jamoasi yig'iniga kechikib, tungi klubda ko'rinish bergani uchun bosh murabbiy Erik Shelle noroziligiga uchradi.

Maduka Okoye Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Shelle tomonidan milliy jamoa yig'iniga kechikib kelish uchun ruxsat olgan edi, bunga sabab «Udineze»ning uchinchi liboslari taqdimoti uchun Milanga tashrif buyurishi bo'lgan. Biroq, tadbirdan so'ng darvozabon tungi klubda Kardi Bi bilan birga raqsga tushib, hordiq chiqarayotgani payqaldi.

Shelli vaziyatdan ochiqchasiga norozi bo'ldi va shunday dedi: «Men Okoyega nisbatan muayyan qarorlar qabul qilishimga to'g'ri keladi».

🤦

Inter darvozabonlar rotatsiyasini rejalashtirmoqda

Inter darvozabonlar rotatsiyasini rejalashtirmoqda

Inter darvozabonlar rotatsiyasini rejalashtirmoqda: X. Martines dam olishi mumkin, uning o'rniga Provedel maydonga tushishi kutilmoqda.

Darvozabonlar rotatsiyasini kuzatib borish kerak: «Roma» bilan o'yinda o'zini oqlagan X. Martines ketma-ket ikkita omadsiz o'yindan so'ng Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv oldi va qaytganidan keyin dam olishi mumkin. Uning o'rniga debyutga tayyorgarlik ko'rayotgan Provedel maydonga tushishi kutilmoqda, u aslida «Udineze»ga qarshi o'ynashi kerak edi. ⚫️🔵

Gazzetta_it