Lorenso Lukka uchun «Napoli»dagi vaziyat qiyinlashmoqda
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 5

Lorenso Lukka uchun «Napoli»dagi vaziyat qiyinlashmoqda

⁉️ Missiya bajarib bo'lmasmi?

📜 Bugungi «Il Corriere della Sera» gazetasi «Napoli»ning Lorenso Lukka borasidagi sarmoyalarini saqlab qolishga bo'lgan urinishlari haqida yozadi:

Hujumchi mavsumni omadsiz boshladi. Uning maydondagi ikkilanishi va o'yinga umuman ta'sir o'tkaza olmasligi muxlislarda xavotir uyg'otmoqda.

Dimarodagi yig'inlardan buyon murabbiy shaxsan yigitning psixologik va texnik rivojlanishi ustida ishlamoqda. Allegri'ning maqsadi — klubning katta moliyaviy sarmoyalari havoga sovurilmasligiga ishonch hosil qilish, Lorenso'ni motivatsiya qilish va unga muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradigan aniq vazifalar berishdir. Biroq, hozircha bunga erishilgani yo'q.

Klub va murabbiylar shtabining sabri cheksiz emas: agar yaqin haftalarda uning xarakteri va maydondagi samaradorligida o'zgarish yuz bermasa, yanvar oyidagi transfer oynasida «Napoli» hujumchidan qutulishga urinib ko'radi — ijaraga yoki butunlay sotib yuborish orqali. Endi to'p Lukka tomonida.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!