Jesper Lindstrøm «Zalsburg»ga ijaraga o'tmoqda
Jesper Lindstryom «Napoli»dan «Zalsburg»ga ijaraga o'tmoqda. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Avstriyaga jo'nab ketdi.
Napoli va Zalsburg Jesper Lindstryomning ijara shartnomasi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun zudlik bilan Avstriyaga yo'l olgan.
Ushbu safar avvalgi Gelzenkirxenga qilingan safar kabi yakunlanmasligiga umid qilamiz.