Ayaks Rolando Mandragora bilan qiziqmoqda
Ayaks Fiorentina yarim himoyachisi Rolando Mandragoraga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun kurashda Jenoa ham bor.
Ayaks Rolando Mandragora bilan qiziqib qoldi. Fiorentina safida to'p surayotgan 29 yoshli tayanch yarim himoyachisiga Jenoa ham ko'z tikkan. Hozircha Amsterdam klubining niyatlari qanchalik jiddiy ekani noma'lum.
🔥 Ayaks Mandragorada darhol maydonga tusha oladigan tajribali o'yinchi ko'rmoqda. Bo'yi 1,83 metr bo'lgan chapoqay futbolchi 2022-yilning o'rtalaridan buyon Fiorentina sharafini himoya qiladi. Florentsiyaliklar uni Yuventusdan 8,2 million yevro evaziga xarid qilishgan edi.