Nikolo Dzanyolo jarohati sabab Italiya terma jamoasini tark etdi
Nikolo Dzanyolo Italiya terma jamoasi safidan jarohati sababli qaytmoqda. «Udineze» futbolchining holati bo'yicha xavotirda.
Nikolo Dzanyolo jarohati sabab Italiya terma jamoasi ixtiyorini tark etmoqda.
Italiyalik hujumchi jarohati qaytalangan bo'lishi mumkinligidan xavotirlar bor. Murabbiylar shtabi bilan kelishuvga ko'ra, u bugun Friuliga qaytadi.
Udine shahriga qaytishi bilan Dzanyolo jarohat darajasini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Agar Dzanyoloning jarohati tasdiqlansa, «Udineze» lagerida umumiy xavotir boshlanadi!