«Ayaks» Dzaniolo bilan qiziqib qoldi
Grande Udinese ↗ ●●●●○ Transfer 👁 9

«Ayaks» Dzaniolo bilan qiziqib qoldi

Italiyaning TMW portali xabariga ko'ra, «Ayaks» klubi Mika Godtsni 55 million yevro evaziga «PSJ»ga sotib yuborganidan so'ng, belgiyalik futbolchiga o'rinbosar izlashga tushdi. Amsterdamliklar vakillari allaqachon «Udineze» bilan bog'lanib, Nikolo Dzanioloning transferi bo'yicha ma'lumot olishgan.

Biroq, futbolchining «Ayaks»ga o'tish ehtimoli yuqori emas: taxminlarga ko'ra, «Udineze» italiyalik futbolchini faqat 20 million yevro atrofidagi taklif evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!