"Udineze" ultraslari jamoa o'yinchilari bilan hisob-kitob qilishga urinishdi.
"Lechche"dan uyda qabul qilib olingan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, bu friulliklar uchun Serie A'dagi ketma-ket 5-mag'lubiyat bo'ldi. Curva Nord faollari stadion oldidagi avtoturargohga kelib, dahshatli natijalar uchun izoh talab qilishdi.
Natijada, ultras oldiga 3 nafar vakil chiqdi. Ular orasida ko'pchiligingiz "Udineze" va "Napoli"dagi o'yinlari orqali yaxshi taniydigan Gekxan Inler ham bor edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!