Udinese muxlislari jamoa o'yinchilari bilan uchrashdi
Udinese muxlislari ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng jamoa vakillari bilan uchrashib, tushuntirish talab qilishdi.
"Udineze" ultraslari jamoa o'yinchilari bilan hisob-kitob qilishga urinishdi.
"Lechche"dan uyda qabul qilib olingan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, bu friulliklar uchun Serie A'dagi ketma-ket 5-mag'lubiyat bo'ldi. Curva Nord faollari stadion oldidagi avtoturargohga kelib, dahshatli natijalar uchun izoh talab qilishdi.
Natijada, ultras oldiga 3 nafar vakil chiqdi. Ular orasida ko'pchiligingiz "Udineze" va "Napoli"dagi o'yinlari orqali yaxshi taniydigan Gekxan Inler ham bor edi.