Nicolo Barella: «Albatta, biz bir qator xatolarga yo'l qo'ydik. Jarima zarbasidan o'tkazib yuborilgan goldan tashqari, individual xatolar ham bo'ldi. Hozirgi vaqtda bizga o'yinlarga nisbatan to'g'ri kayfiyat yetishmayapti va buning ustida ishlash kerak.
Derbi — bu har doim o'zgacha o'yin. Yomon o'ynab, baribir g'alaba qozongan yoki aksincha, yaxshi o'yin ko'rsatib, mag'lubiyatga uchragan holatlarimiz bo'lgan. Biz bir-birimiz bilan ochiq gaplashib olishimiz, vaziyatni tahlil qilishimiz, g'alabali seriyaga qaytishimiz va yaxshiroq o'ynashni boshlashimiz kerak.
Ham Espozito, ham Bonni hafta davomida o'zlarini yomon his qilishdi. Hujumda yangi o'yinchilarning yo'qligi murabbiy tanloviga ta'sir qildi va imkoniyatlarimizni biroz cheklab qo'ydi. Biroq eng muhimi — o'yinga bo'lgan munosabat. O'yin ritmiga kirishimiz qiyin bo'ldi, qolaversa, biz hali bu taktik sxemada to'liq uyg'unlashib ketmadik».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!