Real Madrid Erling Xolandning transferi bo'yicha ma'lumot to'plamoqda
El Mundo jurnalisti A. Romero xabariga ko'ra, "Real Madrid" "Manchester Siti" atrofidagi vaziyatdan kelib chiqib, Erling Xolandning transferi bo'yicha ish olib bormoqda.
📰 A. Romero (El Mundo jurnalisti): "Madrid" vakillari doimiy ravishda Xolandning agentlari bilan aloqada.
So'nggi bir hafta ichida "qaymoqranglilar" forvardning atrofdagilari bilan bog'lanib, "Manchester Siti"ning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilishi 26 yoshli norvegiyalik futbolchining kelajagiga qanday ta'sir qilishi mumkinligini bilishga harakat qilishdi. "Madrid"ga javoban: "Kutish kerak, chunki nima bo'lishini bilmaymiz", deya javob berishdi.
"Madrid"da "shaharliklar"dan ochkolar olib tashlanishi yoki Chempionshipga tushirib yuborilishi Xolandning klubdan ketishi uchun eshikni ochishi mumkinligini tushunishmoqda. Shu bilan birga, futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasida tovon puli belgilanmagan".