Alvaro Esteban xabariga ko'ra, himoyachi dekabr o'rtalarida safga qaytishi kutilmoqda. Asensio xalqaro tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarga qaytishi mumkin.
🚨 Alvaro Esteban: Himoyachining atrofidagilar uning dekabr o'rtalariga kelib safga qaytish imkoniyatlarini optimistik baholamoqda.
Xalqaro tanaffusdan so'ng Asensio asosiy guruh bilan qisman mashg'ulotlarni boshlashi mumkin.
Diario AS xabariga ko'ra, Raul tezroq maydonga qaytishga intilmoqda. Joze Mourinyu esa Asensioni qo'llab-quvvatlab, unga alohida e'tibor qaratmoqda.
😘 Diario AS: Raul o'zining tiklanishi uchun uch oydan kamroq vaqt ketishini taxmin qilmoqda. U maydonga qaytish va o'z salohiyatini isbotlashga qat'iy bel bog'lagan.
Joze Mourinyu uni to'liq qo'llab-quvvatlamoqda. U Asensio bilan birga ishlamoqda va «Real Madrid»ga qaytgan ilk kunidanoq unga alohida e'tibor qaratmoqda.
Joze jamoa muvaffaqiyatga erishishi uchun insoniy munosabatlar birinchi o'rinda turishi kerakligiga ishonchi komil — ayniqsa, o'yinchi qo'llab-quvvatlashdan ko'ra ko'proq tanqidga uchragan paytda.
MARCA xabariga ko'ra, himoyachi «Chelsi» va «Liverpul»dan tushgan takliflarni rad etib, «Real Madrid»da qolishga qaror qildi.
MARCA xabariga ko'ra, himoyachi uchun Angliya Premyer-ligasidan ikkita taklif bo'lgan: «Chelsi» va «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirgan, biroq futbolchi muzokaralarni boshlashni ham istamagan.
Endi Xyuyzenning diskvalifikatsiyasi va Konate jarohati sababli Asensio o'z imkoniyatiga ega bo'ladi.
Real Madrid himoyachisi Asensio mast holda rulga o'tirgani uchun jarimaga tortildi va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.
📰 Canarias7 xabariga ko'ra, Madrid himoyachisi Asensio avgust oyida Gran-Kanariya janubida Porsche avtomobilini mast holda boshqarayotganda qo'lga olinganidan so'ng, yo'l harakati qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Alkotest maksimal ruxsat etilgan 0,25 mg/l o'rniga 0,90 mg/l ko'rsatkichni qayd etgan.
Asensio 14 400 yevro miqdorida jarimaga tortildi va 8 oy muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.
Ta'kidlash joizki, yoz boshida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 23 yoshli futbolchini kazinoda o'ynayotgani aks etgan kadrlar uchun qoralashgan edi. Ertaga esa Asensio ayblanayotgan voyaga yetmaganlar ishtirokidagi jinsiy xarakterdagi videolarni tarqatish ishi bo'yicha sud bo'lib o'tadi.
Asensio jarohatdan tiklanish muddatini qisqartirdi va "Arsenal"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.
📰 A. Esteban (jurnalist): "Asensio jarohatdan tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli o'tmoqda. 23 yoshli himoyachining atrofidagilar uning dekabr o'rtalarida safga qaytish imkoniyatlarini optimizm bilan baholashmoqda.
Joriy xalqaro tanaffusdan so'ng, Asensio "Madrid"ning umumiy guruhidagi qisman mashg'ulotlarga kirishishi mumkin".
📰 AS | Asensio jarohatdan tiklanish muddatini bir yarim oyga qisqartirdi. Ispaniyalik futbolchi "Madrid"ning "Arsenal"ga qarshi o'yiniga (09.12, 23:00 msk) mo'ljallangan qaydnomaga kirishni istamoqda.
Mourinyu va "qaymoqranglilar" kiyinish xonasi Asensioning professionalligi va g'oliblik mentalitetidan hayratda. Ayniqsa, ularni kanteranoning jarohatiga qaramay, jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlash uchun "Klasiko"ga jamoa bilan birga borishga bo'lgan qat'iy istagi hayron qoldirdi.
Asensio «Real Madrid»dagi qiyinchiliklar, Mourinyu, Anchelotti va Mbappe haqida gapirdi.
Asensio: «Mbappe «Oltin to'p»ga loyiq»
«Real Madrid» himoyachisining intervyusi
«Mening jarohatim? Hammasi bir yil oldin boshlangan edi. Yanvar oyidan beri yoriq konservativ davolash tufayli ushlanib turdi, ammo vaqt o'tishi bilan og'riq kuchayib bordi. Men qiynaldim, lekin o'ynashni to'xtata olmasdim, chunki jamoa men uchun birinchi o'rinda edi. Men har doim «Real Madrid»ni va klub gerbini hamma narsadan ustun qo'yganman.
Ammo bir lahzada yoriq kattalashdi va men operatsiyasiz iloji yo'qligini tushundim.
Mourinyuning operatsiyadan keyin shifoxonaga tashrifi meni juda qo'llab-quvvatladi. Shubhalar meni qiynagan o'sha damlarda uning tashrifi, e'tibori va menga ko'rsatgan iliqligi men uchun aqlbovar qilmas madad bo'ldi».
«Mast holda rul boshqarish? Bu men uchun juda og'ir davr bo'ldi. Qisqa vaqt ichida hayotimda bir nechta murakkab narsalar yuz berdi. Mourinyu ushbu hodisa haqida gapirganda mutlaqo haq edi.
Oxir-oqibat, odamlar o'z fikrlarini jamoatchilik maydoniga chiqadigan va o'zlari ko'rgan narsalarga asoslanib shakllantirishadi. Men xato qildim. Men buni o'sha paytda tan olganman va hozir ham tan olaman. Men uzr so'radim va so'rashda davom etaman.
Yoshim 23 da, men xatolar qildim — har qanday odam bu yoshda qilishi mumkin bo'lgan xatolar. Ammo men qayerda ekanligimni tushunishim kerak. Men «Madrid» uchun o'ynayman, shuning uchun bunday holat boshqa takrorlanmasligi kerak. Men oqibatlarini to'liq qabul qilaman va faqat vaziyatni to'g'irlashga e'tibor qaratganman.
Bu hodisadan eng ko'p o'zim aziyat chekdim. Men hammasini to'g'irlashni va «Madrid» bilan sovrinlar yutishni orzu qilaman — umid qilamanki, faoliyatim oxirigacha. Aynan shuning uchun bunday vaziyatlar boshqa takrorlanmaydi.
Men allaqachon o'zgaryapman. «Real Madrid» yuz bergan barcha narsalarga qaramay, menga hamma narsani berdi. Shuning uchun men «Madrid» uchun hamma narsani beraman. Jamoaga kelgan birinchi kunimdan boshlab meni quchoq ochib kutib olishdi va har doim men haqimda faqat yaxshi gaplarni aytishdi. Ular yana mendan faxrlanishlari uchun kurashaman».
«Anchelotti — ajoyib inson. Men uchun u shunchaki murabbiydan ko'ra ko'proq edi. Aynan u meni o'z qanoti ostiga oldi, menga ishondi va: «Sen biz bilan qolasan», dedi. Men har doim u uchun xotiramda alohida joy saqlayman».
«Agar Mbappe «Oltin to'p»ni qo'lga kiritsa, bu adolatli bo'lardi. Kilian — «Oltin to'p»ga nomzodlarning barchasi orasida eng yaxshi o'yinchi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda eng yaxshi to'purar bo'ldi, «Oltin to'p» esa individual sovrindir».
«Vinisius qachon avvalgi darajasiga qaytadi? Vini — bu Vini, u har doim shunday bo'lib qoladi. Uning o'ziga xos aurasi bor. Kiyinish xonasidagi barchasi uni yaxshi ko'radi. Istisnosiz hamma. Futbolchilar — robot emas, insonlar.
Balki, hozir Vini ikki yil oldingi holatida emasdir, ammo u o'zining avvalgi darajasiga qaytadi, chunki biz har kuni mashg'ulotlarda uning o'yinini kuzatamiz».
«Negreyra ishi? Bu ishning soyasi hech qayoqqa yo'qolmadi. Va agar u hali ham o'sha yerda bo'lsa, demak, buning sababi bor. Ammo men boshqa hech narsa demayman».
Marca xabariga ko'ra, Asensio va «Real» tibbiyot xodimlari o'rtasida jarohatni davolash va operatsiya vaqti yuzasidan jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.
📰 Marca | Asensio atrofidagilar «Madrid» tibbiyot xizmati ishidan norozi. Ularning fikricha, klub himoyachini 9 oy davomida bezovta qilgan jarohat bo'yicha operatsiyani juda kechiktirgan va yakunda jarrohlik amaliyotiga eng noqulay pallada ruxsat bergan.
Asensioda muammolar hali yanvar oyida boshlangandi. O'shanda shifokorlar natija bermagan kam invaziv davolash usulini tanlashgan. Yozda 23 yoshli futbolchi operatsiya qilinishni xohlagan, biroq tibbiyot shtabi buni noo'rin deb topib, dam olish va reabilitatsiyani tavsiya qilgan.
Avgust oyidagi retsidivdan so'ng, «Madrid» shifokorlari nihoyat operatsiyaga rozilik berishdi. Ammo hozir Asensio yuzaga kelgan vaziyatni og'ir qabul qilmoqda, chunki operatsiya tufayli u uzoq muddatni o'tkazib yuboradi hamda o'zini ko'rsatib, Mourinyuni ishontirish imkoniyatidan mahrum bo'ladi.
Marca xabariga ko'ra, Asensio yozgi transfer oynasida «Chelsi», «Liverpul» va Turkiya klublaridan tushgan takliflarni rad etib, «Real Madrid»da qolishga qaror qildi.
Marca xabariga ko'ra, Asensio o'tgan yozda boshqa klublardan tushgan 3 ta taklifni rad etgan — «Chelsi», «Liverpul» va Turkiya klublaridan biri.
23 yoshli himoyachi «Madrid»da qolishga qaror qildi, chunki u mashaqqatli mehnat evaziga yakunda o'zini ko'rsatish uchun yana bir imkoniyatga ega bo'lishiga ishonadi.
Xausenning diskvalifikatsiyasi va Konate jarohatini hisobga olgan holda, Asensio «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin (10.10, 22:00 msk).