Marca: Asensio va «Real» tibbiyot xodimlari o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 5

Marca: Asensio va «Real» tibbiyot xodimlari o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi

📰 Marca | Asensio atrofidagilar «Madrid» tibbiyot xizmati ishidan norozi. Ularning fikricha, klub himoyachini 9 oy davomida bezovta qilgan jarohat bo'yicha operatsiyani juda kechiktirgan va yakunda jarrohlik amaliyotiga eng noqulay pallada ruxsat bergan.

Asensioda muammolar hali yanvar oyida boshlangandi. O'shanda shifokorlar natija bermagan kam invaziv davolash usulini tanlashgan. Yozda 23 yoshli futbolchi operatsiya qilinishni xohlagan, biroq tibbiyot shtabi buni noo'rin deb topib, dam olish va reabilitatsiyani tavsiya qilgan.

Avgust oyidagi retsidivdan so'ng, «Madrid» shifokorlari nihoyat operatsiyaga rozilik berishdi. Ammo hozir Asensio yuzaga kelgan vaziyatni og'ir qabul qilmoqda, chunki operatsiya tufayli u uzoq muddatni o'tkazib yuboradi hamda o'zini ko'rsatib, Mourinyuni ishontirish imkoniyatidan mahrum bo'ladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!