📰 A. Esteban (jurnalist): "Asensio jarohatdan tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli o'tmoqda. 23 yoshli himoyachining atrofidagilar uning dekabr o'rtalarida safga qaytish imkoniyatlarini optimizm bilan baholashmoqda.
Joriy xalqaro tanaffusdan so'ng, Asensio "Madrid"ning umumiy guruhidagi qisman mashg'ulotlarga kirishishi mumkin".
📰 AS | Asensio jarohatdan tiklanish muddatini bir yarim oyga qisqartirdi. Ispaniyalik futbolchi "Madrid"ning "Arsenal"ga qarshi o'yiniga (09.12, 23:00 msk) mo'ljallangan qaydnomaga kirishni istamoqda.
Mourinyu va "qaymoqranglilar" kiyinish xonasi Asensioning professionalligi va g'oliblik mentalitetidan hayratda. Ayniqsa, ularni kanteranoning jarohatiga qaramay, jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlash uchun "Klasiko"ga jamoa bilan birga borishga bo'lgan qat'iy istagi hayron qoldirdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!