Real Madrid himoyachisi Asensio mast holda rulga o'tirgani uchun jarimaga tortildi
Real Madrid himoyachisi Asensio mast holda rulga o'tirgani uchun jarimaga tortildi va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.
📰 Canarias7 xabariga ko'ra, Madrid himoyachisi Asensio avgust oyida Gran-Kanariya janubida Porsche avtomobilini mast holda boshqarayotganda qo'lga olinganidan so'ng, yo'l harakati qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Alkotest maksimal ruxsat etilgan 0,25 mg/l o'rniga 0,90 mg/l ko'rsatkichni qayd etgan.
Asensio 14 400 yevro miqdorida jarimaga tortildi va 8 oy muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.
Ta'kidlash joizki, yoz boshida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 23 yoshli futbolchini kazinoda o'ynayotgani aks etgan kadrlar uchun qoralashgan edi. Ertaga esa Asensio ayblanayotgan voyaga yetmaganlar ishtirokidagi jinsiy xarakterdagi videolarni tarqatish ishi bo'yicha sud bo'lib o'tadi.