#Ros — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Ispaniyalik jurnalistlar Konate va Xausenning o'yiniga baho berishdi

Ispaniyalik jurnalistlar Konate va Xausenning o'yiniga baho berishdi

Ispaniyalik jurnalistlar A. Blanko va Ros "Real Madrid" himoyachilari Ibraima Konate hamda Din Xausenning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti):

Konate va Xausen "Madrid" markaziy himoyasida ajoyib juftlikni tashkil etmoqda. Ikkalasi ham ishonchli o'ynab, jamoa himoyasiga kerakli barqarorlikni bag'ishlamoqda.

Konate va Xausen o'z darvozasidan uzoqda ham, jarima maydonchasi ichida ham samarali harakat qilishmoqda — o'z vaqtida to'pni ilib ketishadi, jamoadoshlarini sug'urtalashadi va xatolarni tuzatishadi. Bundan tashqari, ular to'p bilan muomalada ham "Madrid"ga o'z imkoniyatlariga yarasha foyda keltirishyapti.

📻 Ros (Onda Cero jurnalisti):

Hozirda Xausen "Real Madrid"ga o'tganidan beri o'zining eng yaxshi sport formasida.