📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi):
"Sevilya"ga qarshi o'yin Diomande uchun "Real Madrid" safidagi ilk chinakamiga yuqori darajadagi uchrashuv bo'ldi. U to'pni Vinisiusga qaraganda kamroq yo'qotadi, chunki driblingni haddan tashqari ko'p ishlatmaydi. Qolaversa, Diomande himoyada juda ko'p mehnat qilib, jamoaga o'yin balansini taqdim etmoqda.
📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti):
"Sevilya" bilan o'yin Diomande uchun hozirgi vaqtgacha bo'lgan eng yaxshisi bo'ldi. U ajoyib mahorat egasi. U hali texnik jihatdan ham, qaror qabul qilish borasida ham ko'p jihatlarni yaxshilashi kerak, ammo uning salohiyati yulduz futbolchilar darajasida.
📻 Ros (Onda Cero jurnalisti):
Menga Diomande'ning "Sevilya"ga qarshi o'yini juda yoqdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!