📻 Pidal (Onda Cero jurnalisti): "Valverde — ayni damda Madridning eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi".
📻 Ortego (Onda Cero jurnalisti): "Agar Dumfris yaxshi formada bo'lganida, o'ylaymanki, Valverde o'ng qanot himoyasida o'ynamasdi".
M. Torres (Madrid sobiq himoyachisi): "Valverde o'ng qanot himoyasida o'ynaganda, Madrid hujumda ancha muvozanatli harakat qiladi. Urugvaylik futbolchi o'ng qanot himoyasida jamoaga eng katta foyda keltirmoqda. O'ylaymanki, bo'lajak Klasikoda u aynan shu pozitsiyada o'ynaydi. Nazarimda, Mourinyu buni Valverde bilan allaqachon muhokama qilib bo'lgan".
📻 Segurola (Onda Cero jurnalisti): "Valverdening Mourinyu qo'l ostida o'ng qanot himoyasida o'ynayotgani Alonso o'z vaqtida uni aynan shu pozitsiyada ishlatganining naqadar to'g'ri bo'lganini tasdiqlaydi".
📰 R. Martin (AS jurnalisti): "Ishonchim komilki, Valverde tug'ilganda uning otasiga: "Tabriklaymiz, o'g'lingiz o'ng qanot himoyachisi bo'lib tug'ildi", deyishgan. Shunchaki otasi chalg'ib qolgan va buni unga hech qachon eslatmagan".
📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): "Valverde — o'ng qanot himoyasi pozitsiyasida haqiqiy yirtqich, ammo u markaziy chiziqda o'yinni boshqaruvchi rolini bajara olmaydi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!