Real Madrid transfer rejalari haqida yangi ma'lumotlar
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 10

Real Madrid transfer rejalari haqida yangi ma'lumotlar

📰 Marca: "Madrid" tarkibni 95 foizga shakllantirib bo'lgan deb hisoblamoqda. Klub transfer oynasi yopilgunga qadar faqat amaldagi futbolchilar sotilsa yoki jiddiy jarohatlar yuz bergandagina bozorga chiqishi mumkin.

📰 AS: Ayni damda "Madrid" yangi yarim himoyachi xarid qilishni rejalashtirmayapti. Marko Asensio ketgan taqdirda, "qaymoqranglilar" uchun yarim himoyachidan ko'ra markaziy himoyachi sotib olish ehtimoli yuqoriroq.

🖥 The Athletic (Kortegana): "Madrid" yangi yarim himoyachi olmoqchi emas. Klub yarim himoyadagi muammolarni hal qilish uchun "Kastilya" futbolchisi Pitarchani ko'rib chiqmoqda.

"Madrid" manbalarining ta'kidlashicha, klub bozorda rad etib bo'lmaydigan darajada ajoyib imkoniyat paydo bo'lgandagina yana bir transferni amalga oshirish masalasini ko'rib chiqadi.

📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Madrid" Smit, Uorton yoki Buaddiga qiziqish bildirmayapti.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!