Manchester City'ga nisbatan qattiqroq jazo talab qilinmoqda
The Guardian xabariga ko'ra, APL klublari «Manchester Siti»ga nisbatan qattiqroq sanksiyalar, jumladan, uzoq muddatli chetlatishni talab qilmoqda.
📰 The Guardian:
«Raqib jamoalarning bir qismi «Manchester Siti»ga nisbatan maksimal darajada jiddiy sanksiyalar qo'llanilishini talab qilmoqda. Bu klubni yuqori diviziondan uzoq muddatga chetlatishga olib kelishi mumkin. APLdagi boshqa jamoalar vakillari ochkolar olib tashlanishini yetarlicha qattiq jazo deb hisoblamayapti.
The Guardian ma'lumotiga ko'ra, APLning bir nechta klubi rahbarlari «Siti»ning bir mavsumga quyi ligaga tushirilishi ham sodir etilgan qoidabuzarliklar ko'lamiga mos kelmasligini ta'kidlashmoqda.
Ularning fikricha, agar ayblovlar o'z tasdig'ini topsa, jazo uzoq muddatli oqibatlarga ega bo'lishi hamda standart jarimalar yoki ochkolar olib tashlanishidan ancha jiddiyroq bo'lishi kerak».