Ezri Konsa uchun "Liverpul" va "Arsenal" raqobatlashishi mumkin
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Ezri Konsa uchun "Liverpul" va "Arsenal" raqobatlashishi mumkin

The Guardian jurnalisti Ed Aarons o'z maqolasida "Liverpul" Ezri Konsani qo'lga kiritish uchun "Arsenal" bilan kurash olib borishi mumkinligini ta'kidladi.

"Aston Villa" himoyachi uchun 60 million funt sterling atrofida mablag' talab qilmoqda, ammo "Arsenal" bu narxni to'lashga tayyor emas. "Liverpul"ning bahosi haqida hozircha ma'lumot yo'q.

Konsaning ham markaziy himoyada, ham o'ng qanotda o'ynay olishi jamoa uchun foydali variant bo'lishi mumkin. Boshqa tomondan, shartnomasining yakunlanishiga 2 yil qolgan bo'lsa-da, oktyabr oyida 29 yoshga to'ladigan himoyachi uchun bunchalik katta mablag' sarflash biroz shubhali.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!