Niko Elvedi o'zining transferi haqida gapirar ekan, murabbiy Daniel Farke bilan ishlash istagi asosiy sabablardan biri bo'lganini ta'kidladi.
Niko Elvedi o'zining transferi haqida gapirar ekan, murabbiy Daniel Farke bilan ishlash istagi asosiy sabablardan biri bo'lganini ta'kidladi:
Men murabbiy (Daniel Farke) bilan gaplashdim, uni yaxshi taniyman va ha, u ham ushbu o'tishning muhim sabablaridan biri hisoblanadi.
Garchi u bilan bir yil ishlagan bo'lsam-da, uning qo'l ostida o'ynash menga juda yoqqandi. Men undan ko'p narsani o'rgandim va endi yana undan o'rganishda davom etaman.
Niko Elvedi 11 yillik faoliyatidan so'ng «Borussiya»ni tark etib, «Lids» safiga o'tdi. Futbolchi va sport direktori xayrlashuv so'zlarini bildirishdi.
Niko Elvedi «Borussiya»ni tark etdi. Shveytsariyalik futbolchi «Lids» a'zosiga aylandi.
O'tgan mavsumda himoyachi «Borussiya» safidagi legionerlar orasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha, shuningdek, Bundesliga tarixidagi shveytsariyalik futbolchilar orasida rekord o'rnatdi.
11 yil, 364 ta o'yin, 19 ta gol, 13 ta golli uzatma.
Niko: «Men «Borussiya»ga 18 yoshimda, meni nimalar kutayotganini bilmagan holda kelgandim. Keyin esa juda ko'plab o'zgacha lahzalarni boshdan kechirdim, ajoyib insonlar bilan tanishdim va umrbod qoladigan do'stlar orttirdim. Klub men uchun qadrli bo'lib qoldi va oilamdek bo'lib ketdi. Bu qadamni tashlash men uchun og'ir, lekin yangi narsalarni sinab ko'rishni istayotganimni his qilyapman. Meni shakllanishimga katta ta'sir ko'rsatgan va o'sishimga yordam bergan bu vaqt uchun minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, meni doimo qo'llab-quvvatlagan muxlislarga alohida rahmat. «Borussiya»da nimalar bo'layotganini diqqat bilan kuzatib boraman va muxlislar bilan shaxsan xayrlashish uchun qo'limdan kelganini qilaman».
Sport direktori Ruven Shryoder: «So'zlarni tanlashda ehtiyot bo'lish kerak, lekin Niko Elvedi — «Borussiya»ning haqiqiy afsonasi! Klubdagi 11 yil, 364 ta rasmiy o'yin, doimo yetakchi va ortiqcha gap-so'zsiz sardor bo'lgan. Bunday yo'qotish ham sport, ham insoniy nuqtai nazardan og'riqli. Ammo bu Nikoning yangi narsalarni sinab ko'rish bo'yicha aniq istagi edi. Bunday xizmatlari bor va o'zini har doim namunali tutgan futbolchiga nisbatan hurmat, agar iqtisodiy shartlar maqbul bo'lsa, uning istagini qondirishni talab qiladi. Aynan shu holat yuz berdi. Biz Niko «Borussiya» uchun qilgan barcha ishlar uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz va unga kelajakda faqat eng yaxshilarini tilaymiz!»
Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko'ra, «Lids» Shveytsariya terma jamoasi himoyachisi Niko Elvedi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko'ra, «Lids» Shveytsariya terma jamoasi markaziy himoyachisi Niko Elvedi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to'liq kelishib oldi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2029-yilga qadar mo'ljallangan.
Futbolchining o'zi uzoq vaqtdan beri Angliya premyer-ligasida o'zini sinab ko'rishni orzu qilgan. Yaqin vaqt ichida «oqlar» Myunxengladbaxning «Borussiya» klubiga rasmiy transfer taklifini yuborishadi.
Nemis klubi 29 yoshli futbolchini sotib yuborishga qarshi emasligi aytilmoqda.
The Guardian xabariga ko'ra, Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Elvedi "Lids"ning navbatdagi transfer maqsadlaridan biriga aylanishi mumkin.
The Guardian xabariga ko'ra, Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Elvedi "Lids"ning navbatdagi transfer maqsadlaridan biriga aylanishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, Niko Elvedi «Lids Yunayted» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.
Sky Sports xabariga ko'ra, «Lids Yunayted» va Niko Elvedi shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi. Tomonlar 2029-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olishgan.
«Lids» futbolchi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda va u yaqin vaqt ichida yuborilishi kutilmoqda.
«Borussiya Myonxengladbax» shveytsariyalik futbolchini qoniqarli summa evaziga sotishga tayyor.