Niko Elvedi «Borussiya»ni tark etdi. Shveytsariyalik futbolchi «Lids» a'zosiga aylandi.
O'tgan mavsumda himoyachi «Borussiya» safidagi legionerlar orasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha, shuningdek, Bundesliga tarixidagi shveytsariyalik futbolchilar orasida rekord o'rnatdi.
11 yil, 364 ta o'yin, 19 ta gol, 13 ta golli uzatma.
Niko: «Men «Borussiya»ga 18 yoshimda, meni nimalar kutayotganini bilmagan holda kelgandim. Keyin esa juda ko'plab o'zgacha lahzalarni boshdan kechirdim, ajoyib insonlar bilan tanishdim va umrbod qoladigan do'stlar orttirdim. Klub men uchun qadrli bo'lib qoldi va oilamdek bo'lib ketdi. Bu qadamni tashlash men uchun og'ir, lekin yangi narsalarni sinab ko'rishni istayotganimni his qilyapman. Meni shakllanishimga katta ta'sir ko'rsatgan va o'sishimga yordam bergan bu vaqt uchun minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, meni doimo qo'llab-quvvatlagan muxlislarga alohida rahmat. «Borussiya»da nimalar bo'layotganini diqqat bilan kuzatib boraman va muxlislar bilan shaxsan xayrlashish uchun qo'limdan kelganini qilaman».
Sport direktori Ruven Shryoder: «So'zlarni tanlashda ehtiyot bo'lish kerak, lekin Niko Elvedi — «Borussiya»ning haqiqiy afsonasi! Klubdagi 11 yil, 364 ta rasmiy o'yin, doimo yetakchi va ortiqcha gap-so'zsiz sardor bo'lgan. Bunday yo'qotish ham sport, ham insoniy nuqtai nazardan og'riqli. Ammo bu Nikoning yangi narsalarni sinab ko'rish bo'yicha aniq istagi edi. Bunday xizmatlari bor va o'zini har doim namunali tutgan futbolchiga nisbatan hurmat, agar iqtisodiy shartlar maqbul bo'lsa, uning istagini qondirishni talab qiladi. Aynan shu holat yuz berdi. Biz Niko «Borussiya» uchun qilgan barcha ishlar uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz va unga kelajakda faqat eng yaxshilarini tilaymiz!»
Rahmat senga, Niko. APLda omad!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!