🚨 Angliyada yozgi transfer oynasi yopildi.
Bu transfer oynasida biz bir necha bor o'z rekordlarimizni yangiladik, ham sotuvlar, ham xaridlar bo'yicha. Juda shov-shuvli boshladik, nafaqat biz, balki butun futbol hamjamiyati «Tottenxem» transferlarini muhokama qildi. Yakuni biroz noaniq bo'lganini tushunaman, Kodi nishonini qo'ldan chiqardik, ortidan ikkinchi darajali nishon Ndiaye ham o'xshamadi, Rish bilan ham vaziyat noqulay chiqdi, lekin hech kimni ayblamoqchi emasman va sizlardan ham haqorat qilmaslikni so'rayman, chunki vaziyatning ichida bo'lmaganmiz. Yakunda 2 yil o'ynamagan Mudrik va kerak bo'lsa, chekka pozitsiyada o'ynatish uchun Tosinni imzoladik.
RDZga ushbu transfer oynasidagi barcha hissasi va klubga bo'lgan sadoqati uchun rahmat, lekin barcha hurmat bilan aytaman, «Tottenxem» asta-sekin o'ziga sport direktori topishi shart. Chunki Danso transfer oynasi yopilishiga bir necha soat qolganda o'z shartlari bilan ketishni istashini aytib, klubni qiyin ahvolda qoldirmasligi kerak edi. Men RDZni qo'llab-quvvatlayman, lekin u bir vaqtning o'zida ham jamoani boshqarib, ham tarkibni shakllantirish uchun to'liq javobgar bo'la olmaydi, oxirgi natijalar u ikkala vazifani bir vaqtda uddalay olmayotganini ko'rsatmoqda. Aynan savodli sport direktori bizga ushbu transfer oynasida yetishmadi.
• «Tottenxem» yozda transferlar uchun 389 million funt sterling sarfladi (bonuslar va majburiy to'lovlar bilan).
• O'yinchilarni sotishdan klub 255,8 million funt sterling ishlab oldi. Bunga majburiyatlar, bonuslar va boshqalar kiradi.
• Yakuniy sof xarajatlar — 133,2 million funt sterling.
Transfer oynasi davomida ma'lumotlarni maksimal darajada tezkor yetkazishga harakat qildik, shu bilan birga manbalarni saralab, sifatni yo'qotmaslikka intildik. Yana bir bor barchangizdan o'yinchilarni milliy yoki boshqa belgilar bo'yicha haqorat qilmasligingizni so'rayman. Emotsiyaga berilib, yomon gaplar yozish kerak emas.
Kanal mehnat qilishda davom etadi va sevimli klubimiz bilan bog'liq yangiliklarni yoritib boradi. Faolligingiz uchun rahmat. 🤍
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!