Den Byorn: «Nyukasl» sardori bo'lish men uchun katta sharaf»
Den Byorn «Nyukasl» sardori etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.
Den Byorn:
«Men uchun «Nyukasl» sardori bo'lish katta sharaf. Bu klub vakili bo'lish har doim g'ururli, ayniqsa, avval ham menga sardorlik bog'ichi ishonib topshirilganini hisobga olsak. Ammo endi jamoani doimiy ravishda maydonga sardor sifatida boshlab tushish haqiqatan ham o'zgacha tuyg'u.
Klubga kelganimdan beri to'rt yarim yil ichida biz ajoyib yo'lni bosib o'tdik. Birgalikda ko'p narsaga erishdik va unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik. Ishonamanki, oldinda bizni yanada ko'proq muvaffaqiyatlar kutmoqda va men bu mas'uliyatni intiqlik bilan kutyapman. Men har kuni jamoani motivatsiya qilaman va oldinga qarab intilishimiz uchun barchadan maksimal natija talab qilaman».