Roberto De Zerbi "Tottenxem" o'yinchilariga gol urish bilan bog'liq muammolar tufayli uy vazifasi berdi:
Men har bir o'yinchi uchun alohida video tayyorlamoqchiman, shunda ular kechki ovqatdan keyin uyga borib, ishlashadi va yaxshiroq bo'lishadi.
O'tgan mavsumda u jamoani birlashtirish uchun ularni Meyferdagi kechki ovqatga olib borgan edi va bu mavsumda ham ularni mehmon qildi — bu ularning formasini tiklashga yordam beradi degan umidda.
Kechki ovqat uchun kim to'layotgani haqidagi savolga De Zerbi shunday javob berdi:
Men, chunki men murabbiyman, o'yinchilardan kattaman va o'z o'yinchilarim bilan kechki ovqatda o'tirish menga zavq bag'ishlaydi.
Unga bu xarajatlar qimmatga tushishi mumkinligi aytilganda, De Zerbi shunday dedi:
Ha, lekin men hozircha faqat sigaretga pul sarflayapman, hammasi joyida.
Roberto De Zerbi yana bir bor Risharlison va uning jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi:
Bilmayman. Bu menga beriladigan savol emas.
Keyin u qo'shimcha qildi:
Har holda, biz tarkibda Risharlison bilan "Brentford"ga 0:3 hisobida yutqazganmiz. Balki unutgandirsizlar. Shunchaki eslatib o'tyapman.
Roberto De Zerbi zarbalar mashqi haqida:
Menda aytadigan gap yo'q, chunki o'yinchilar ko'proq va ko'proq ishlashni xohlashadi.
Yo'q, bu murabbiyning "yana 30 daqiqa qoling" deyishi emas. O'yinchilarning o'zlari qolishni xohlashadi. Ular rivojlanishni xohlashadi. O'yinchilar g'alaba qozonmayotganimizni va gol urmayotganimizni tushunishadi.
De Zerbi Pedro Porro shanba kuni "Aston Villa"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olishini ma'lum qildi.
Shuningdek, murabbiy Sandro Tonali tiklanishga ulgurishiga va u ham o'yinga tayyor bo'lishiga umid qilmoqda.
Mett Louning yozishicha, "Tottenxem" Roberto De Zerbiga jamoani Premer-ligada saqlab qolgani uchun bonus to'lamagan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!