Mathys Tel va Roberto De Zerbi o'rtasidagi munosabatlar hamda futbolchining shaxsiy jamoasi haqida batafsil.
Mathys Tel va murabbiy o'rtasida yaxshi munosabatlar mavjud, garchi Roberto De Zerbi sentyabr oyida "Everton"ga qarshi kechgan o'yindan (0:0) so'ng uning o'yinini ochiq tanqid qilgan bo'lsa ham. O'shanda matbuot anjumanida murabbiy Telni ijodkor sheriklari (Maddison, Kudus, Savio) bilan hujum chizig'ida o'ynaganda, darvozaga yuz o'girib, to'g'ri joylashishga o'rgatayotganini aytgan edi.
Tel bu vaziyatdagi hissiyotli munosabat ekanligini tushunadi. De Zerbining shaxsiy, deyarli oilaviy muloqot uslubi murabbiyni jamoaga tezda yaqinlashtirdi. Tel De Zerbi bilan doimiy aloqada va uning ishonchini his qilmoqda. Murabbiy uni hali "Marsel"da ishlagan vaqtidayoq ko'rishni istagan edi.
Tel atrofida olti kishidan iborat qo'llab-quvvatlash jamoasi ishlaydi: hujum va himoya harakatlari bo'yicha ixtisoslashgan ikkita individual murabbiy, video tahlilchi, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy, shaxsiy oshpaz va diyetolog.
De Zerbi Kulusevski va Mudrikning jarohatlari hamda Maddisonning qaytishi haqida ma'lumot berdi.
De Zerbi jamoa yangiliklari haqida:
Kulusevski o'tgan haftadan beri biz bilan mashg'ulot o'tkazmayapti. Jiddiy narsa yo'q. Kimdir uzoq vaqtga safdan chiqqanda yuz beradigan odatiy holat. Mudrik bilan ham xuddi shunday. Bu ahmoqona jarohat edi. U bizga imkon qadar tezroq kerak, chunki u juda ko'p azob chekdi va biz uchun muhim o'yinchi. Bunday uzoq tanaffusdan keyin bu normal jarayon. Maddison qaytdi. Ha.
Shuningdek, Kudus asosiy tarkibda maydonga tushishga yaqin.
Roberto De Zerbi Jeyms Maddison va Risharlison bilan bog'liq vaziyat hamda «Tottenxem»ning Marbel'yadagi yig'ini haqida gapirdi.
🎤De Zerbi Maddison haqida:
«Ehtimol, ha, u uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. Optimal jismoniy holatga erishish uchun ko'p o'yin o'tkazish kerak. Ammo shunday futbolchilar borki, ular 10–15–20 daqiqa maydonga tushib ham foyda keltira oladi. Jeyms — ana shulardan biri.
Hozir u ilk daqiqalardan o'ynashga tayyor, lekin biz uchrashuvni u bilan boshlaymizmi yoki yo'q, bilmayman. Men munosib lahzani kutyapman».
🎤De Zerbi Risharlison haqida:
«Vaziyat juda aniq. Ha, men murabbiyman, javobgarlikni zimmamga olaman va tanqidlarni qabul qilaman, lekin Risharlison borasidagi qarorni men qabul qilmaganman. Hammasi klub qaroridan boshlandi. Risharlison hammasini biladi. Agar u men haqimda gaplashmoqchi bo'lsa, meni qayerdan topishni biladi. Men ertalabdan kechgacha o'z kabinetimdaman».
«Bu endi mening muammom emas. Risharlison endi mening tashvishlarimga kirmaydi. Bu yerda muhokama qiladigan narsa qolmadi. Har kim xohlagan narsasini gapirishi mumkin, lekin bu mening muammom emas».
🎤De Zerbi Marbel'yadagi mashg'ulot yig'inida atigi bitta qoidaga amal qilgan:
«Biz mashg'ulot o'tkazdik, vaqtni birga o'tkazdik. Nonushta, tushlik va kechki ovqat paytida bir-birimiz bilan muloqot qilish uchun telefonlarni olib qo'yardik. Hozir hammasi shunday ko'rinadi: (odam doim telefonga qarab o'tirganini tasvirlaydi) — va shunday qilib butun kun».
«Bizda futbol, vaziyatimiz va har kim o'z zimmasiga mas'uliyat olishi kerakligi haqida gaplashgan ikkita yoki uchta muhim uchrashuv bo'ldi. Boshqa hech qanday o'ziga xos narsa bo'lmadi.
Bir nechta kechki ovqatlarni futbolchilar alohida, bir nechtasini esa faqat murabbiylar shtabi o'tkazdi».
🎤Futbolchilarga mashg'ulot bazasidan tashqariga chiqishga ruxsat berilganmi?
«Ha, ularda erkinlik bor edi. Hech qanday harbiy qoidalar yo'q. Men erkinlikni yaxshi ko'raman».
🎤Boshqa klublarning yig'inlari shov-shuvli mojarolar bilan kechganini hisobga olsak, «Tottenxem»da bunday muammolar yuzaga kelmadi. De Zerbi barcha o'zlari turgan vaziyatni anglab yetgan deb hisoblaydi:
«Murabbiy sifatida siz yaxshilanish, vaziyatni o'zgartirish va barcha mumkin bo'lgan yechimlarni izlash kerakligini tushunasiz. Men «Marsel» bilan ikki marta shunday yig'inlar o'tkazganman va bu yaxshi qaror bo'lib chiqqan.
Men Vinai, Yoxan va egalari bilan gaplashdim. Birgalikda bu qarorni qabul qildik.
Ammo bu yerda g'ayritabiiy narsa yo'q. Biz shunchaki ko'proq vaqtni birga o'tkazmoqchi edik, chunki mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida bizda bunday imkoniyat bo'lmagan. Bizda yangi futbolchilar ko'p, ba'zi futbolchilar jahon chempionatidan qaytishdi.
Uch-to'rt kunni birga, oilalarsiz o'tkazish, klubni o'z ustuvorliklari orasida birinchi o'ringa qo'yish — bu normal va to'g'ri holat».