Roberto De Dzerbi Risharlison, Sandro Tonali, Porro va Kulusevski «Liverpul»ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligini tasdiqladi.
Roberto De Dzerbi Risharlison «Liverpul»ga qarshi Angliya liga kubogi doirasidagi bahsda ishtirok etmasligini tasdiqladi. Hujumchi o'ynash huquqiga ega (APL qaydnomasiga kiritilmaganiga qaramay), ammo u o'yin uchun tarkibga kiritilmaydi.
Sandro Tonali jarohati sababli o'yinni o'tkazib yuboradi, Porro va Kulusevski ham safdan chiqqan, biroq Udoji yana safga qaytdi.
Roberto De Zerbi «Tottenxem»dagi o'zgarishlar, Mudrikning jarohati, Risharlisonning kelajagi va jamoaning rivojlanishi haqida fikr bildirdi.
Roberto De Zerbi Mudrikning jarohati haqida:
U hech qanday kontaktlarsiz, keskin harakatlarsiz o'ynayotgan edi, ammo to'pig'ida og'riq sezdi. Ikki kundan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tdi va biz muammoni bilib oldik. Uzoq tanaffusdan so'ng unga oson bo'lmasligini oldindan tushunib turgandik. Ahmoqona jarohat, ammo Mudrikni jamoaga qo'shib olganimizda, uning darhol avvalgi darajasiga qaytishi qiyin bo'lishi mumkinligini bilar edik.
De Zerbi Risharlisonning kelajagi haqida:
Bilmayman. Bilmayman. Bu mening ishim emas. Shuni ayta olamanki, klub Risharlison uchun, Risharlison esa klub uchun so'nggi oylarda nimalar qilganini yaxshi bilaman. U ham, agenti ham, klub ham buni biladi — va ular bu haqda sizlardan [jurnalistlardan] ko'ra ko'proq ma'lumotga ega. Ancha ko'proq.
De Zerbi Lukas Bergvall haqida:
Mavsum oxiriga qadar u ko'plab o'yinlarda maydonga tushadi. U rivojlanishi kerak. Biz unga yaxshiroq bo'lishiga yordam berishimiz kerak, u esa hozirgidek ishlashda davom etishi lozim. Mavsumoldi tayyorgarlik boshlanganidan beri u maydonda o'zini ajoyib ko'rsatmoqda.
De Zerbi Muhammad Kudus haqida:
O'ylaymanki, u asosiy tarkibda maydonga tushishga juda yaqin. Ajoyib tarix. «Brayton»da ishlagan vaqtimda Mo Kudusni qo'lga kiritishni istagan edim. U «Vest Xem»ga o'tishidan oldin ham uni jamoaga jalb qilish uchun qattiq turib olganman. U qanotda, hujumchi ortida va hatto markaziy hujumchi sifatida ham o'ynay oladi.
Roberto De Zerbi «Tottenxem» o'tgan mavsumga qaraganda yaxshiroq o'yin ko'rsatayotganiga ishonadi:
Biz o'tgan mavsumdagidan yaxshiroq holatdamiz. Hozir bunga ishonish qiyin, chunki biz g'alaba qozonmayapmiz va gol urmayapmiz, ammo men ijobiy kayfiyatdaman. Jamoamga, futbolchilarimga va jamoaviy ruhga ishonaman. O'yinchilar katta salohiyatga ega. Biz yaxshi ishlayapmiz. Nottingemda men Brentforddagidan farqli narsani ko'rdim, bu aniq... O'ylaymanki, biz rivojlanish uchun to'g'ri palladamiz.
De Zerbi o'tgan hafta nega Savioni chap qanot vingeri sifatida emas, faqat Tel va Mudrikni tilga olgani haqidagi savolga javob berdi. U o'zi futbolchi bo'lgan vaqtda ko'pincha o'ng qanotda o'ynaganini va vingerlari kuchli oyog'i ostiga markazga o'tishini afzal ko'rishini aytdi. Shu sababli, katta ehtimol bilan Savio o'ng qanotda o'ynaydi, ammo u bir nechta pozitsiyada harakat qilishga qodir.
Roberto De Zerbi Richarlisonning ketish istagi, Mudrikning holati va jamoaning yangi futbolchilari haqida fikr bildirdi.
🎤De Zerbi:
Richarlison hammasini o'zi hal qildi. U mavsumoldi tayyorgarligi boshida men bilan gaplashdi va o'zining g'oyasi hamda ketish istagi haqida aytdi. Yakunda biz boshqa hujumchini sotib olishga qaror qildik. Mavsumoldi tayyorgarligi boshida aytganimdek, men faqat shu yerda qolishni istaydigan, bundan faxrlanadigan va klubda o'ynashda davom etishni chin dildan xohlaydigan futbolchilarni olib qolmoqchiman.
Qolgan savollarga kelsak, bu mening ishim emas, bu klubning vazifasi. Men hech narsa deya olmayman, chunki hech narsani men hal qilmadim. Richarlisonning mavsumoldi tayyorgarligi boshidan beri tutgan pozitsiyasi juda aniq edi va men buni qabul qildim.
Turkiyadan taklif bo'lganmi yoki yo'q, bilmayman. Klub bu taklifni qabul qildimi, buni ham bilmayman. Bilganim shuki, transfer oynasi yopilgunga qadar bitta taklif tushgan, ammo u buni qabul qilmadi.
Men uchun hech narsa o'zgarmadi.
🎤De Zerbi Mudrik haqida:
Unga asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor bo'lishi uchun vaqt kerak. Hozircha u maydonda 15–20 daqiqa o'ynay oladi.
Biz birgalikda «Shaxtyor»da juda o'ziga xos mavsumni o'tkazganmiz. «Oltin to'p» haqida gapirganimda, juda aniq bo'lganman: men bu o'yinchining salohiyati haqida gapirgandim.
O'yinchi bu prognozni oqlashi ham, oqlamasligi ham mumkin. Uning ko'plab muammolari bo'ldi, ulardan oxirgisi — diskvalifikatsiya. Ammo shu bilan birga, u juda ko'p sifatlarga ega. Bu mavsumda u o'zini to'g'ri his qilishi kerak, ortiqcha bosimsiz.
Hozir «Chelsi» nima uchun u uchun 100 million to'laganini ko'rsatish vaqti.
🎤De Zerbi Fernandes haqida:
Mateush Fernandes yaxshi o'yin o'tkazdi. Ammo u bundan ham yaxshiroq o'ynay oladi. Menimcha, u turli pozitsiyalarda harakat qila oladi. Masalan, hozir Rodrigo Bentankur bu jamoa uchun juda muhim, chunki u o'z tajribasi evaziga maydonda muvozanat va tartib o'rnatadi. Shu sababli biz Mateushdan u o'z faoliyatini boshlagan «o'nlik» pozitsiyasida foydalanishga harakat qilyapmiz. U juda yosh. Unga yangi klub, yangi murabbiy va yangi muhitga moslashish uchun vaqt kerak. Bergvall, Archi Grey va Savio kabi — ular bu klubning kelajagi.
🎤Roberto De Zerbi kecha ilk bor barcha o'yinchilar birgalikda mashg'ulot o'tkazganini aytdi:
Kecha biz to'liq tarkibda ishlashni boshladik. Bu butun jamoa ishtirok etgan birinchi mashg'ulot edi.
Qadam-baqadam biz mentalitetni va o'yinning barcha jihatlarini yaxshilashimiz kerak.
Roberto De Zerbi Risharlison, Solanke, Marmush va Bergvallning holati hamda kelajagi haqida fikrlarini bo'lishdi.
🎤Roberto De Zerbi Risharlison bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi:
Agar uni qaydnomadan tashqarida qoldirish qarorini o'zim qabul qilganimda, afsuslangan bo'lardim. Ammo bu qaror hatto klub tomonidan ham qabul qilinmadi. Bu uning o'zi qabul qilgan qarorning natijasidir.
Menga achinarli, chunki ro'yxatda bitta o'yinchim kamaydi. Risharlison — yaxshi inson. Men u bilan ko'p marta gaplashdim va qolishga ko'ndirish uchun vaqt sarfladim. Ammo agar haqiqatni bilasizmi deb so'rasangiz — ha, bilaman. So'nggi bir oy, so'nggi 45 kun ichida nimalar bo'lganini bilaman. Hammasi tushunarli, lekin men xafa emasman.
Klub so'nggi 45 kun ichida u bilan bog'liq nimalar qilganini va Risharlisonning xulq-atvori qanday bo'lganini bilaman. Buni tushuntira olmayman, chunki bu noto'g'ri, lekin menga achinarli, chunki hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. Hatto bu hikoyaning oxiri ham, menimcha, yaxshiroq bo'lishi mumkin edi.
Ehtimol, Risharlison uchun qaydnomaga kiritilish, klubda baxtli bo'lish va ehtimol, shartnomani uzaytirish yaxshiroq bo'lardi, chunki u hali ham muhim o'yinchi. U o'tgan mavsumda biz uchun muhim edi va biz buni unutmasligimiz kerak. Ammo biz so'nggi 45 kunni ham unutmasligimiz kerak.
🎤Roberto De Zerbi Solanke va Marmush bog'lamasi haqida:
Bilmayman. Ehtimol.
Ular birga o'ynashlari mumkin. Ular navbat bilan zaxira o'rindig'ida qolishlari mumkin. Hozir bizga ularning kamida bittasi kerak, lekin ular birga maydonga tushishlari mumkin. Buni aynan qachon sodir bo'lishini bilmayman, lekin Marmushni imzolaganimizda, u boshqa hujumchi bilan yoki yolg'iz o'zi o'ynay olishini o'ylagan edik.
Marmush hozir yaxshi o'ynamoqda. Nottingemda u yaxshi o'yin o'tkazdi, fantastik emas, hujum vaziyatlarida ideal so'nggi qarorni qabul qilmadi, lekin u faol edi. U har qanday vaziyatda xavfli ko'rinardi. U aqlli o'yinchi, futbolni yaxshi tushunadi, to'p qayerga borishini biladi. Hozircha u menga yoqmoqda.
🎤Roberto De Zerbi Dominik Solankening jismoniy holati haqida:
U qaytishga yaqin deb o'ylayman. Dom Solanke — biz uchun asosiy o'yinchi. O'z sifatlari, xarakteri va darajasi bo'yicha u jamoa uchun juda muhim.
U allaqachon juda yaqin. Nyukasl va Nottingemga qarshi ikki o'yindan so'ng, u keyingi o'yinda yoki seshanba kuni asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
🎤Roberto De Zerbi Lukas Bergvall bilan bo'lgan suhbat tafsilotlarini oshkor qildi:
Biz uch kun oldin gaplashdik va men shunday dedim: «Lukas, sen kabi o'yinchi Brentford bilan o'yinda yo'qotganing kabi ikkita to'pni yo'qotishi mumkin emas». Ayniqsa, o'sha o'yinda, o'yinning o'sha pallasida. Sen asosiy tarkibda o'ynayapsan. Sening sifatlaring haqidagi fikrimni o'zgartira olmayman, chunki sen katta talantsan, lekin yakunda tajribangni oshirishing kerak. Ha, o'yinlar orqali tajriba orttirishing mumkin, lekin nimalar ustida ishlashimiz va nimani yaxshilashimiz kerakligini tushunish zarur.
U rozi bo'ldi. U aqlli yigit. Kecha uning onasi va otasi bilan gaplashdim. Ajoyib insonlar. Endi men uning otasi bilan aloqada bo'lishni istayman, chunki o'yinchiga yordam bermoqchiman. Men unga futbolchi sifatida yordam berishdan oldin, inson sifatida yordam bermoqchiman, chunki unda kelajak uchun ulkan salohiyat bor. Biz transfer bozorida u bo'yicha takliflarni qabul qilmadik — va bular katta takliflar edi. Shuning uchun klub va murabbiy tomonidan ishonch darajasi juda yuqori deb o'ylayman.
Ehtimol, ha, biz ko'p pul sarflagandirmiz, lekin bizda sotish va pul olish mumkin bo'lgan o'yinchilar bor. Va agar biz Lukasni sotmagan bo'lsak, bunga sabab barchamiz ishonamiz: bizda kelajak uchun ulkan salohiyatga ega futbolchi bor. Ammo hozirning o'zida ham u yaxshi o'yinchi.
Roberto De Zerbi Lukas Bergvallning qolish istagi, Risharlisonning rad javobi va Jeyms Meddisonning jarohati haqida gapirdi.
Roberto De Zerbi Lukas Bergvallning vaziyati Risharlisonnikidan qanday farq qilishini tushuntirdi:
Lukas mavsumoldi tayyorgarligi boshlanganidan 10 kun o'tib, agenti bilan birga Yoxan Lange oldiga keldi va: «Lukas qolishni istaydi», dedi. Lukasning o'zi ham qolishni xohlashini ko'rsatdi.
Men u bilan ishlashni, unga urg'u berishni istardim, chunki u juda katta salohiyatga ega. U katta o'yinchi.
Roberto De Zerbi Risharlison yoz boshida «Tottenxem»ning shartnomani uzaytirish taklifini rad etganini aytdi:
Mavsumoldi tayyorgarligi boshida men Risharlison bilan gaplashdim va shartnomani uzaytirmoqchimisan deb so'radim, chunki men uni olib qolishdan xursand edim, ammo u xohlamadi.
Risharlison — yaxshi o'yinchi. O'tgan mavsumda u biz uchun muhim edi, lekin yakunda o'yinchilarga ketishni xohlasalar, bosim o'tkazishni to'xtatishimga to'g'ri keldi. Shuning uchun unga achinaman, lekin biz sahifani o'girib, Dominik Solanke va Omar Marmush bilan ishlashimiz kerak.
Roberto De Zerbi Jeyms Meddison «Nottingem Forest»ga qarshi o'yinga tayyor bo'lmasligi mumkinligini ta'kidladi:
O'ylayman-ki, yo'q. «Brentford»ga qarshi o'yindan ikki kun o'tib, u muammoga duch keldi. Hozir eng yaxshi pallasi emas.