David Ornstein: «Arsenal» Vinisiusni kuzatmoqda, Krupi esa Angliyani tark etishi mumkin
David Ornstein «Arsenal»ning Vinisiusga qiziqishi va Krupi kelajagi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
David Ornstein Vinisius haqida:
«Arsenal» hamon vinger pozitsiyasini kuchaytirmoqchi. «Arsenal» kelasi yozda Vinisiusni qo'lga kiritishga qaytadan urinib ko'rishi mumkin, bu futbolchining holati, klub ehtiyojlari va bitimning moliyaviy tomoniga bog'liq.
David Ornstein Krupi kelajagi haqida:
«Krupi qishki transfer oynasida «Bornmut»ni tark etadi deb o'ylamayman. Mening ma'lumotlarimga ko'ra, kelajakda Krupi Angliyadan TASHQARI klubga o'tishni istaydi. Biz unga «PSJ» va «Barselona» tomonidan qiziqish borligi haqida ko'plab xabarlarni ko'rdik. Menda mavjud ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, hozirgi vaqtda bunday variant Premer-liga klublaridan biriga o'tishdan ko'ra ehtimoliyroq ko'rinmoqda.Transfer kelasi yozda amalga oshishi ehtimoli yuqori. O'ylaymanki, o'sha vaqtgacha «Bornmut» uning ketishini muhokama qilishga tayyor bo'ladi. Albatta, Premer-liga klublaridan biri transfer uchun ulkan summa, alohida maosh va agentga katta komissiya taklif qilishini istisno qilib bo'lmaydi. Bu vaziyatni butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin».