«Arsenal» «RB Leypsig» vingeri Antonio Nusa borasidagi qiziqishini kuchaytirdi.
TEAMtalk xabariga ko'ra, «kanonirlar» skautlari 21 yoshli norvegiyalik futbolchini so'nggi uchta o'yinda kuzatishgan va uning vakillari bilan muzokaralar o'tkazishgan.
Nusa oltita gol urib, yettita golli uzatmani amalga oshirgan, bu esa «Bavariya» va boshqa klublar e'tiborini tortgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, «Leypsig» uni taxminan 66 million funt sterlingga baholamoqda, uning shartnomasi esa 2029-yilgacha mo'ljallangan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!