Rashid Zerual "Strasburg"ga qarshi o'yin oldidan namoyish etilgan "Viva Roja" tifo-si bo'yicha izoh berdi.
"Strasburg"ga qarshi o'yin oldidan SW muxlislarining "Viva Roja" tifo-si tarmoqlarda katta bahslarga sabab bo'ldi. Natijada Rashid Zerual muxlislar nima demoqchi bo'lganini tushuntirishga majbur bo'ldi:
Ispaniya jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Tifo Didye Deshamga qarshi qaratilmagan edi. Ispaniya ajoyib o'yin ko'rsatdi. Ular meni hayron qoldirishdi. Qolaversa, mening guruhimda ispaniyaliklar ham bor. Biz 200 foiz kosmopolitmiz.
Angliyaga qarshi o'yindan so'ng Maykl Olise kiyim almashtirish xonasida yig'lab yubordi. Didye Desham futbolchini qo'llab-quvvatladi.
🚨 Maykl Olise mag'lubiyatdan so'ng his-tuyg'ularini jilovlay olmadi.
😢 Angliyaga qarshi o'yindan so'ng fransiyalik vinger kiyim almashtirish xonasida yig'lab yubordi. U o'yin davomida foydalanilmagan ikkita yuz foizlik vaziyat uchun o'zini aybladi.
🗣️ Didye Desham o'yindan so'ng Olise bilan shaxsan gaplashganini va uni qo'llab-quvvatlashga harakat qilganini aytdi.
Kilian Mbappe Didye Deshamga minnatdorchilik bildirib, uning Fransiya terma jamoasidagi faoliyati haqida iliq fikrlar qoldirdi.
Kilian Mbappe Didye Deshamga Instagram orqali murojaat qildi:
Bugun sizning so'nggi raqsingiz. Siz bizga juda ko'p narsa berdingiz. Biz sizga eng yaxshi finalni taqdim etishimiz kerak edi, ammo uddalay olmadik. So'nggi 14 yil ichida nimalar qilganingizni so'z bilan ifodalash juda qiyin — siz ushbu jamoaning qayta tiklanishida asosiy figura bo'ldingiz. Odamlar har doim ham sizning buyukligingizni qadrlashmadi, ammo vaqt va tarix hammasini o'z o'rniga qo'yadi... Menga shuncha yillar davomida mamlakatimni eng katta sahnada himoya qilish imkoniyatini berganingiz uchun rahmat. Mamlakatimizning eng buyuk afsonalaridan biri bilan birga turish men uchun katta sharaf va biz birga boshdan kechirgan barcha narsalar haqida faqat go'zal xotiralar qoldi. Sizga yangi sarguzashtlaringizda omad tilayman va biz uchun juda qadrli bo'lgan ushbu libosga qo'shgan barcha hissangiz uchun yana bir bor rahmat.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Maykl Olisening Ispaniyaga qarshi o'yindan keyingi tanqidlarga munosabat bildirdi.
💭 Didye Desham Maykl Olisening Ispaniyaga qarshi o'yindan keyingi chiqishiga nisbatan aytilgan tanqidlarga javob berdi:
O'ylashimcha, siz unga nisbatan juda qattiqqo'l bo'lib ketdingiz. U Ispaniyaga qarshi uchrashuvda haqiqatan ham eng yaxshi o'yinini ko'rsatmadi, ammo buni boshqa ayrim futbolchilar haqida ham aytish mumkin. Uning o'sishi uchun hali ulkan salohiyat bor va u albatta yanada kuchayadi. Jahon chempionati yarim finali — bu hissiyotlar katta rol o'ynaydigan o'zgacha o'yin. Ammo ushbu turnirda o'zini haqiqatdan ham ko'rsata olgan futbolchi haqida gapiradigan bo'lsak, bu aynan Olise. Qolaversa, u ajoyib inson.
Fransiya terma jamoasi JChdan chiqib ketganidan so'ng, Didye Deshamning Adrien Rabioni almashtirgan qarori keskin tanqid qilinmoqda.
Fransiyada jahon chempionatidan chiqib ketgandan so'ng katta shov-shuv ko'tarildi.
Tanqidlar nishonida Didye Desham turibdi. U Ispaniyaga qarshi kechgan bahsning tanaffusida sariq kartochkasi bor Adrien Rabioni zaxiraga oldi. Fransiya matbuoti ushbu qarorni «sharmandalik» deb atamoqda va «Milan» yarim himoyachisi o'z jamoasining eng yaxshi o'yinchisi bo'lganini hamda ispanlarga qarshi munosib kurashgan yagona futbolchi ekanini ta'kidlamoqda.
Nikolya Deon Marselga qaytishi va klubdagi o'ziga xos muhit haqida gapirib o'tdi.
Nikolya Deon birinchi marta 2010 yilda Marselga kelgan, u Dide Desham shtabida darvozabonlar murabbiyi bo'lgan. Keyinroq u PSJga qaytdi (Marselga qadar u yerda Kombuare bilan ishlagan), so'ngra Nitssa va Lillda faoliyat yuritdi. Jenezyo bilan ikki yillik hamkorlikdan so'ng, u murabbiy bilan birga janubga yo'l oldi va ikkinchi marta Marselga qaytdi:
2012 yilda OMdan ketganimda, menga o'sha ishtiyoq, Velodrom stadioni yetishmasdi... Marsel - bu o'zgacha narsa! Bu juda qiyin, lekin u yerdan ketganingizda, nimadir yetishmayotgandek tuyuladi.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham himoyachi Dayo Upamekanoning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Didye Desham Dayo Upamekano haqida fikr bildirdi:
Dayoning terma jamoadagi faoliyati qiyin boshlangan. Bugungi kunda u, shubhasiz, dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri. U aqlbovar qilmas atletik kuchga ega va hamma narsani qila oladi. Keyingi bosqichga chiqish uchun esa vaqt talab etiladi.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Maykl Olisening Ispaniyaga qarshi o'yindagi harakatlari va unga bildirilgan tanqidlar haqida gapirdi.
Didye Desham Ispaniyaga qarshi kechgan bahsdan so'ng Maykl Olise manziliga yo'llangan tanqidlarga o'z munosabatini bildirdi:
Menimcha, siz biroz qattiqqo'llik qilyapsiz. U Ispaniyaga qarshi o'yinda boshqalar qatori yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Uning o'sishi uchun hali imkoniyatlar ko'p. Albatta, u yanada kuchayadi. Katta o'yin [jahon chempionati yarim finali] va hissiyotlar ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Ammo agar bu jahon chempionatida haqiqatan ham o'zini ko'rsata olgan biror futbolchi bo'lsa, bu aynan u. Qolaversa, u juda ajoyib inson.
U yanada yuqori cho'qqilarga erishadi. Ba'zida shunchaki omad yetishmaydi, shuningdek, raqibning kuchini ham tan olish kerak. Dayo Upamekanoni misol qilib keltiraman. Hozir u mutlaq yirtqich, ammo unga ham shunday darajaga chiqish uchun vaqt kerak bo'lgan.