#Stefano Pioli — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ismoil Bennaserning Qatar klubiga o'tishi barbod bo'ldi

Ismoil Bennaserning Qatar klubiga o'tishi barbod bo'ldi

Ismoil Bennaserning Qatarga o'tishi so'nggi pallada barbod bo'ldi. Futbolchi Parijga uchib ketdi, «Milan» esa uni tarkibdan chiqarib yuborishga tayyor.

Ismoil Bennaserning Qatar klubiga o'tishi kutilmaganda barbod bo'ldi. Avvalroq uning «Al-Shamal»ga o'tishi haqida xabar berilgandi, biroq so'nggi pallada kelishuv amalga oshmay qoldi. 🔴⚫

Nimalar yuz berdi:

✅ Tibbiy ko'rikdan o'tdi, barchasi e'lon qilinishiga tayyor edi
❌ Biroq shartnoma imzolanmadi
🔄 Shu bilan birga, muzokaralarga «Al-Garafa» ham qo'shilib, foydali taklif bilan chiqdi
✈️ Yakunda Ismoil Qatar bilan shartnoma imzolamasdan, Parijga uchib ketdi

Kelishuv nima sababdan barbod bo'lgani hozircha noma'lum. «Milan» tarkibni bo'shatish maqsadida futbolchini shartnomani bekor qilish yo'li bilan tekinga qo'yib yuborishga tayyor.

Bennaser o'z agentini o'zgartirib, Fali Ramadani jamoasiga ishongan — shekilli, u yangi variant izlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Stefano Pioli qo'l ostida A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo'lgan futbolchi uchun bu achinarli holat. 2023-yildagi derbida olingan tizza jarohati uning klubdagi faoliyatini butunlay o'zgartirib yuborgandi. 😔

O'ng ustun yangiliklari

Milan sodiq muxlisini yo'qotdi

Milan sodiq muxlisini yo'qotdi

«Milan» klubi o'zining sodiq muxlisi Stefano Milani vafot etgani munosabati bilan ta'ziya bildirdi.

💔 Bugun «Milan» o'zining eng sodiq muxlislaridan birini yo'qotdi.

Verbaniyalik Stefano Milani uzoq davom etgan xastalikdan so'ng, 57 yoshida olamdan o'tdi.

Ko'p yillar davomida Stefano X ijtimoiy tarmog'ida o'zining hayot uchun kurashi haqida so'zlab berdi va «Milan» hamjamiyatidan ulkan qo'llab-quvvatlashga ega bo'ldi. ❤️

2024-yilda uni Stefano Pioli Milanelloga taklif qildi, keyinroq esa Paolo Maldini u uchun video murojaat yozib yubordi.

Radioboshlovchi Jakomo Chichcho Valenti shunday deb yozdi:

«Stefano, sen men uchratgan eng go'zal namunalardan biri eding. Jasorat, kurash, kuch va qadr-qimmatning betakror namunasi».

🖤❤️ «Milan»ga bo'lgan muhabbating uchun rahmat, Stefano. Joying jannatdan bo'lsin.

Oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 🙏