Amorim allaqachon Pioli, Anchelotti va Allegri natijalarini ortda qoldirdi!
«Milan»ning Yevropa ligasidagi muammolari va tanqidlarga qaramay, portugaliyalik mutaxassis A Seriyada tarixiy natija ko'rsatmoqda.
11 turdan so'ng rossonerilar hisobida 24 ochko bor: 7 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat. Amorimning o'rtacha ko'rsatkichi — har bir o'yin uchun 2,18 ochko. Bu «Milan» murabbiylari orasida uch ochkolik tizim joriy etilganidan buyon qayd etilgan eng yaxshi natija!
Taqqoslash uchun:
🔴 Pioli — 2,02;
⚫ Anchelotti — 1,95;
🔴 Allegri — 1,91;
⚫ Konseysau — 1,71;
🔴 Fonseka — 1,59.
A Seriya murabbiylari umumiy reytingida Amorimdan yuqorida faqat Antonio Konte bormoqda — har bir o'yin uchun 2,21 ochko.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!