Alfajo Sisse Shevchenko statistikasini takrorlamoqda
MilanAC ↗ ●●●●● Matbuot 👁 23

Alfajo Sisse Shevchenko statistikasini takrorlamoqda

Alfajo Sisse «Milan» safidagi statistikasi bilan Andrey Shevchenkoni eslatib yubormoqda!

«Rossoneri» yosh hujumchisi Alfajo Sisse «Jenoa» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jurnalistlarning qiziqarli savoliga duch keldi.

⚽ Unga Andrey Shevchenko «Milan» safidagi dastlabki 13 ta o'yinda 8 ta gol urgani eslatildi. Sissening ko'rsatkichi esa hozircha aynan shunday!

«Menda izoh beradigan hech narsa yo'q! 😄 Men shunchaki murabbiy berayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilyapman. Asosiysi — jamoaning g'alabasi, gol esa meni yanada baxtli qiladi».

Bundan tashqari, Sisse Italiya terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olganidan xursandligini yashirmadi: «O'z qobiliyatlarimni ko'rsatib, bu jamoada o'rin egallashga loyiq ekanligimni isbotlamoqchiman».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!