#Stefano Milani — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Milan sodiq muxlisini yo'qotdi

Milan sodiq muxlisini yo'qotdi

«Milan» klubi o'zining sodiq muxlisi Stefano Milani vafot etgani munosabati bilan ta'ziya bildirdi.

💔 Bugun «Milan» o'zining eng sodiq muxlislaridan birini yo'qotdi.

Verbaniyalik Stefano Milani uzoq davom etgan xastalikdan so'ng, 57 yoshida olamdan o'tdi.

Ko'p yillar davomida Stefano X ijtimoiy tarmog'ida o'zining hayot uchun kurashi haqida so'zlab berdi va «Milan» hamjamiyatidan ulkan qo'llab-quvvatlashga ega bo'ldi. ❤️

2024-yilda uni Stefano Pioli Milanelloga taklif qildi, keyinroq esa Paolo Maldini u uchun video murojaat yozib yubordi.

Radioboshlovchi Jakomo Chichcho Valenti shunday deb yozdi:

«Stefano, sen men uchratgan eng go'zal namunalardan biri eding. Jasorat, kurash, kuch va qadr-qimmatning betakror namunasi».

🖤❤️ «Milan»ga bo'lgan muhabbating uchun rahmat, Stefano. Joying jannatdan bo'lsin.

Oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 🙏

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.