Ismoil Bennaserning Qatar klubiga o'tishi kutilmaganda barbod bo'ldi. Avvalroq uning «Al-Shamal»ga o'tishi haqida xabar berilgandi, biroq so'nggi pallada kelishuv amalga oshmay qoldi. 🔴⚫
Nimalar yuz berdi:
✅ Tibbiy ko'rikdan o'tdi, barchasi e'lon qilinishiga tayyor edi
❌ Biroq shartnoma imzolanmadi
🔄 Shu bilan birga, muzokaralarga «Al-Garafa» ham qo'shilib, foydali taklif bilan chiqdi
✈️ Yakunda Ismoil Qatar bilan shartnoma imzolamasdan, Parijga uchib ketdi
Kelishuv nima sababdan barbod bo'lgani hozircha noma'lum. «Milan» tarkibni bo'shatish maqsadida futbolchini shartnomani bekor qilish yo'li bilan tekinga qo'yib yuborishga tayyor.
Bennaser o'z agentini o'zgartirib, Fali Ramadani jamoasiga ishongan — shekilli, u yangi variant izlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Stefano Pioli qo'l ostida A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo'lgan futbolchi uchun bu achinarli holat. 2023-yildagi derbida olingan tizza jarohati uning klubdagi faoliyatini butunlay o'zgartirib yuborgandi. 😔
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!