Nikolya Deon: Marsel - bu o'zgacha muhit
Nikolya Deon Marselga qaytishi va klubdagi o'ziga xos muhit haqida gapirib o'tdi.
Nikolya Deon birinchi marta 2010 yilda Marselga kelgan, u Dide Desham shtabida darvozabonlar murabbiyi bo'lgan. Keyinroq u PSJga qaytdi (Marselga qadar u yerda Kombuare bilan ishlagan), so'ngra Nitssa va Lillda faoliyat yuritdi. Jenezyo bilan ikki yillik hamkorlikdan so'ng, u murabbiy bilan birga janubga yo'l oldi va ikkinchi marta Marselga qaytdi:
2012 yilda OMdan ketganimda, menga o'sha ishtiyoq, Velodrom stadioni yetishmasdi... Marsel - bu o'zgacha narsa! Bu juda qiyin, lekin u yerdan ketganingizda, nimadir yetishmayotgandek tuyuladi.