Foot Mercato xabariga ko'ra, Lids Pavel Shuls transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi. Futbolchiga APLning boshqa klublari ham qiziqmoqda.
Foot Mercato jurnalisti Santi Una xabariga ko'ra, Lids Pavel Shuls transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yubordi.
25 yoshli hujumkor yarim himoyachi Lion sharafini himoya qiladi. O'tgan mavsumda chexiyalik futbolchi fransuz klubi safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jurnalistning qayd etishicha, Lids futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy qadamlar tashlamoqda. Shuningdek, ushbu yarim himoyachiga Aston Villa, Tottenhem va Nottingem Forest klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Lion klubi o'z futbolchisini 21,5 million funt sterlingga baholamoqda.
Foot Mercato xabariga ko'ra, Igor Paishao "Marsel"da o'zini baxtli his qilmoqda. Klub futbolchini 42 million funtga baholamoqda.
Foot Mercato jurnalisti Santi Una xabariga ko'ra, Igor Paishao "Marsel"dagi faoliyatidan mamnun. U faqat o'zi uchun qiziqarli bo'lgan loyiha taklif etilsagina, fransuz klubini tark etishi mumkin.
"Marsel" rahbariyati braziliyalik futbolchini 42 million funt sterlingga baholamoqda.