Alessio Nardo (Tele Radio Stereo): «Ba'zilar Dibala doimiy o'ynasa ham, yuklamalar bilan o'ynasa ham jarohat olaveradi deyishadi. Qisman bu haqiqat, ammo yetti kun ichida uchta o'yin o'tkazsangiz, ehtimol, uni barchasida maydonga tushirish unchalik yaxshi g'oya emasdir.
Uchrashuvlardan birini o'tkazib yuborgan ma'qul...»
Pero Torri (Manà Manà Sport): «Kone bo'yicha takliflar albatta kelib tushadi, ammo uning yanvarda ketishi aqlga sig'maydi. Bu yerda shunchaki «yo'q» deyish kerak. Men uning o'rnini bosa oladigan futbolchini topa olmayapman.
Ertaga Svilar va Dibala qaytishadi — bu ikkita juda jiddiy kuchayish. Dibala o'ynaydimi? Nega u o'ynamasligi kerak? Men Gasperini so'zlariga qo'shilaman: agar Dibala sog'lom bo'lsa, u doim mening tarkibimda o'ynaydi. Shuning uchun uni maydonda ko'rishni kutyapman.Va o'ylaymanki, Gasperini uchun ertangi o'yin chorshanba kungi PSJga qarshi bahsdan muhimroq. Nega ekanini bilmayman, lekin «Roma» Parijda mag'lub bo'lmasligiga ishonchim komil. Ularda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ladi, shuning uchun menda shunday oldindan sezish hissi bor...»
Roberto Prutso (Radio Radio): «Agar «Parma» tarkibiga qaraydigan bo'lsak, «Roma» g'alaba qozonmasligi uchun birorta sabab ko'rmayapman. O'ylaymanki, bu o'yin muhimroq uchrashuvlarga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi bo'ladi. Hozir tiklanayotganlarning qaytishini kutish, yangi jarohatlardan qochish va derbiga eng yaxshi holatda yetib borish kerak. Nazarimda, hozirgi asosiy vazifa shu. O'yin darajasini saqlab qolish va ochko yo'qotmaslik lozim.
PSJmi? «Pari Sen-Jermen» yoki «Barselona»ga qarshi o'ynaganingizda, bu har doim hushyor torttiradi. Ba'zida raqib biroz tarqoq bo'lib chiqishi mumkin, siz esa ajoyib o'yin ko'rsatasiz — va o'shanda haqiqiy o'yin kelib chiqadi.Aks holda, hech qanday kurash bo'lmaydi...»
Nando Orsi (Radio Radio): «PSJ bilan o'yin — esda qoladigan o'ziga xos uchrashuvlardan biri. Bu yerda hech narsani tanlash shart emas: «Parma»ni yutish va PSJga yutqazmaslikka harakat qilish kerak, aks holda guruhdan chiqish qiyin vazifaga aylanadi. Qolaversa, bu obro'-e'tibor o'yini.
Maydonga «mayli, bu o'yinda baribir yutqazamiz, kelinglar boshqa narsa haqida o'ylaymiz» degan fikr bilan chiqib bo'lmaydi. Hozir bunday hisob-kitoblar uchun umuman vaqt emas...»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!