Mayk Menyan nafaqat «Milan», balki Fransiya terma jamoasining ham yetakchisi!
«Rossoneri» sardori Fransiya terma jamoasi kiyinish xonasida ham katta hurmatga ega. Buni «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone tasdiqladi 👇
«Bu ajoyib darvozabon, «Milan» sardori. Italiyada unga qarshi gol urish qiyin — u juda ko'p joyni egallaydi. O'z ovozi bilan u «Milan» yetakchisi hisoblanadi, qolaversa, u jamoada ajoyib sherik.
Men uning milliy terma jamoada borligidan juda xursandman. Biz u bilan faxrlanamiz».
Ayniqsa, sardorimiz haqida hatto boshqa klub o'yinchisidan ham bunday so'zlarni eshitish yoqimli.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!