Manu Kone va Paulo Dibalaning jarohatlari haqida ma'lumot
АS ROMA ↗ ●●●●● Umumiy 👁 27

Manu Kone va Paulo Dibalaning jarohatlari haqida ma'lumot

Manu Kone taxminan 20 kunga safdan chiqdi, Dibala esa jarohat olmagan.

Tibbiy ko'rik Manu Kone va Paulo Dibalada jiddiy shikastlanishlar yo'qligini tasdiqladi. Fransiyalik yarim himoyachida o'ng son orqa mushagining birinchi darajali yengil jarohati aniqlandi; u taxminan 20 kun maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. Kone 3-noyabr kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi yoki besh kundan so'ng «Sassuolo» bilan bo'ladigan bahsda safga qaytishi mumkin.

Dibalaga kelsak, unda hech qanday jarohat aniqlanmadi, faqat boldir sohasida mushak toliqishi kuzatilgan. U «Jenoa»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, ammo Bratislava «Slovani» va «Napoli»ga qarshi bahslarda maydonga qaytishni rejalashtirmoqda. (La Gazzetta dello Sport)

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!