La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, bugun Paulo Dibala o'zining boldir mushagidagi noqulaylikdan butunlay qutulganini aniqlash uchun hal qiluvchi tibbiy ko'rikdan o'tadi. Argentinalik futbolchi hech bo'lmaganda qaydnomaga kiritilishiga umid qilmoqda, biroq tibbiy shtab tavakkal qilish niyatida emas. Sky Sport'ning so'nggi ma'lumotlari esa yanada pessimistikroq: futbolchining safga qaytishi terma jamoalar o'yinlaridagi tanaffusdan keyinga qoldirilishi kutilmoqda.
Shunga o'xshash vaziyat son mushagidagi jarohatni ortda qoldirgan ko'ringan Manu Kone bilan ham kuzatilmoqda. Fransiyalik futbolchi tiklanish jarayonini yakunlamoqda, biroq uning holatida ham ehtiyotkorona yondashuv ustunlik qilmoqda. Uning «Sassuolo»ga qarshi o'yinda ishtirok etishi dargumon, ayniqsa, terma jamoa o'yinlari yaqinlashib kelayotganini hisobga olsak.
Pyerluidji Gollini bilan bog'liq vaziyatda umidlar biroz ko'proq. Belidagi og'riqlar sabab qiynalgan darvozabon tuzalish jarayonini o'tkazmoqda va shanba kuni safga qaytishi mumkin. Aks holda, «jallorossi» darvozasini yana Vaskes qo'riqlaydi.
Shu bilan birga, Mile Svilar terma jamoalar o'yinlaridagi tanaffusgacha safga qaytmaydi. Shuningdek, Deveyn Renshning yo'qligi ham tasdiqlandi: kecha o'tkazilgan tibbiy ko'rik «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yinda olingan o'ng son yaqinlashtiruvchi mushagidagi yengil jarohatni aniqladi.
Gollandiyalik futbolchi taxminan uch hafta maydonga tushmasligi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!