Manu Kone maydonga qaytishga oshiqmoqda, biroq «Roma» voqealar rivojini tezlashtirmaslikni ma'qul ko'rmoqda.
Kone yigirma kun avval «Real»ga qarshi o'yinda olgan son mushaklari birinchi darajali jarohatidan deyarli forig' bo'ldi va ertaga «Sassuolo»ga qarshi bahsda safga qaytishni istamoqda. Biroq Trigoriya qarorgohida ehtiyotkorlik ustunlik qilmoqda: Gasperini va tibbiy shtab o'yinchi tiklanish jarayoni yakunlanib borayotgan bir pallada qaytalanish xavfini o'z zimmalariga olishni istashmayapti.
Kone umumiy guruhda mashg'ulotlarni qisman boshladi va hozircha 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas. Eng yaxshi holatda u qaydnomaga kiritilishi va o'yinning kichik bir qismida harakat qilishi mumkin, ammo yakuniy qaror bugungi o'yinoldi mashg'ulotidan so'ng qabul qilinadi. Vaziyatni fransiyalik futbolchining yaqin kunlarda Italiya va Turkiyaga qarshi o'yinlar kutib turgan terma jamoasi chaqiruviga javob berish istagi ham murakkablashtirmoqda.
Manbalar: Leggo, Il Messaggero, Il Romanista, Corriere della Sera, La Gazzetta dello Sport.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!