Kilian Mbappe va Zinedin Zidan o'rtasidagi munosabatlarda sovuqlik kuzatilmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 22

Kilian Mbappe va Zinedin Zidan o'rtasidagi munosabatlarda sovuqlik kuzatilmoqda

📻 Cope xabariga ko'ra, Mbappe Zidan uni emas, balki Dembeleni to'qqizinchi raqam pozitsiyasida o'ynatib, «PSJ» futbolchisining taktik manfaatlarini o'zinikidan ustun qo'ygan deb hisoblamoqda [shu bois ularning o'zaro munosabatlarida keskinlik yuzaga kelgan].

Shunga qaramay, «uchranglilar» ustozi vaziyatni yumshatish va munosabatlarni izga solish uchun yaqin kunlarda Mbappe bilan suhbatlashmoqchi.

📺 M. Benito (El Chiringuito jurnalisti): «Mbappe mushaklaridagi noqulaylik sababli «Madrid» ixtiyoriga qaytishini kutgandi.

Biroq u Fransiya terma jamoasi lagerida qolishga majbur bo'ldi, bu esa uning Zidan bilan munosabatlarida keskinlikni keltirib chiqardi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!