Kilian Mbappe va Zinedin Zidan o'rtasidagi munosabatlar haqida qarama-qarshi xabarlar
Kilian Mbappe va Zinedin Zidan o'rtasidagi munosabatlar hamda futbolchining terma jamoada qolishi borasida turli xil xabarlar tarqalmoqda.
📺 M. Benito (El Chiringuito jurnalisti): "Mbappeda "Madrid" tibbiyot shtabi bilan kelishuv bor edi, unga ko'ra, mushaklardagi eng kichik noqulaylik sezilganda ham u klub ixtiyoriga qaytishi mumkin edi.
Biroq Zidan hujumchini hayron qoldirdi va hatto birinchi o'yinni [Italiyaga qarshi] o'tkazib yuborgan taqdirda ham, u Turkiya bilan o'yin (15.11) oldidan imkoniyatlarini baholash uchun Fransiya terma jamoasida qolishi kerakligini aytdi. Va bu o'yinchi bilan murabbiy o'rtasida taranglikni keltirib chiqardi.
Mbappening shaxsiy samolyoti uni "Madrid"ga yetkazish uchun Parijda kutib turgandi, ammo endi u kutishiga to'g'ri keladi".
Bulma (fransuz jurnalisti): "Mbappening shaxsiy samolyoti Parijda uni kutib turgani haqidagi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Hujumchining Zidan bilan munosabatlariga kelsak, ular o'rtasida hech qanday taranglik yo'q".
* — "Madrid"ning braziliyalik o'yinchilari, birinchi navbatda Vinisiusning atrofidagilarga juda yaqin jurnalist.