N. Penya: "Real Madrid" tarkibida o'zgarishlar talab etiladi"
Cope jurnalisti N. Penya "Real Madrid"ning mavsumoldi o'yinlari va jamoa tarkibidagi muammolar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
N. Penya (Cope jurnalisti): "Madrid" mavsumoldi tayyorgarligi yakunlari bo'yicha bir qancha xulosalar qilish mumkin. Mavsum boshlanishi oldidan ham ijobiy jihatlar, ham shubha uyg'otadigan jihatlar mavjud:
⚪Jamoaning o'tgan mavsumga nisbatan himoyadagi o'yini yaxshilangani meni ko'proq hayratda qoldirdi. Bundan tashqari, "Madrid" hujumda ham o'sishga erishdi;
⚪Espi — ajoyib futbolchi. U deyarli har bir golli vaziyatdan unumli foydalanadigan hujumchi;
⚪Bernardu o'yin qurishda "Madrid"ga juda ko'p narsa bera oladi. Ammo to'p nazorati vaqtida yarim himoyada faqatgina unga tayanib qolish — eng ideal variant emas.
Shu sababli, Rodri transferi barbod bo'lganini inobatga olib, transfer oynasi yopilgunga qadar yana bir kreativ yarim himoyachi sotib olgan bo'lardim;
⚪Kamavinganing o'yin darajasi meni juda xavotirga solmoqda"