Tchuameni jarohati bo'yicha xavotirlar mavjud
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 18

Tchuameni jarohati bo'yicha xavotirlar mavjud

📻 N. Penya (Cope jurnalisti): "Meni Tchuamenining jismoniy holati bilan bog'liq muammolar xavotirga solmoqda. Hozir u qov' (pax) sohasida og'riq sezmoqda, u yerda 2026-yilgi JCH oldidan ham jarohati bo'lgan edi. O'shanda fransiyalik futbolchi aynan shu shikastlanish sababli bir nechta o'yinni o'tkazib yuborgandi va hozirda gap aynan o'sha jarohat haqida ketmoqda.

Tchuamenining holatini diqqat bilan kuzatib borish kerak. "Madrid"da uning sog'lig'ini asrashlari shart. Ko'pchilik jamoaga Rodri yetishmayapti, deb aytadi, ammo Tchuameni tarkibdagi yagona profil tayanch yarim himoyachisi. Kamavinga esa butunlay boshqacha uslubdagi futbolchi, qolaversa, u to'p bilan muomalada ko'proq tavakkal qiladi.

Shu sababli Tchuameni "Madrid" uchun juda muhim. Yaqinda Mourinyu ko'plab futbolchilar o'z imkoniyatlarining chegarasida o'ynayotgani haqida gapirgani meni ajablantirmaydi"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!