Portu Real Madrid yosh futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
ZZoneRM ↗ ●●●●● Transfer 👁 19

Portu Real Madrid yosh futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Portu 19 yoshli yarim himoyachi, Real Madrid C tarbiyalanuvchisi Emanuel Benyaminni o'z safiga qo'shib oldi. Madridliklar ushbu transferdan bonuslar hisobiga 750 000 yevrogacha ishlab olishi mumkin, shuningdek, klub futbolchining kelajakdagi sotuvidan 40 foiz ulushga ega bo'ladi.

N. Penya (Cope jurnalisti): "Shunday taassurot qoldirmoqdaki, Madridda akademiyadagi futbolchilarga umuman ishonishmayapti. Hozir klubda asosiy jamoada imkoniyat berishdan ko'ra, yosh futbolchilarni sotish orqali pul ishlashga ko'proq e'tibor qaratilmoqda"
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!