Roy Kin: Bellingem - Zidanning munosib vorisi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 22

Roy Kin: Bellingem - Zidanning munosib vorisi

Roy Kin (Manchester Yunayted sobiq yarim himoyachisi): "Praymoviy Modrichmi yoki Bellingem o'zining hozirgi formasidami? Modrich buyuk edi, lekin men Bellingemni uning jismoniy qobiliyatlari tufayli tanlagan bo'lardim. O'ylaymanki, u hali ham o'sishda davom etishi mumkin.

Bellingemning o'yin uslubi o'tmishdagi qaysi futbolchilarga o'xshaydi? Menga darhol Zidan yodimga tushadi. Ko'pchilik Gaskoynni tilga oladi, ammo ularning Jud bilan xarakterlari va o'yin ko'nikmalari biroz farq qiladi.

Men baribir Zidanni tanlagan bo'lardim. Ularning Bellingem bilan o'yin uslubi o'xshash: yirik va jismonan baquvvat futbolchi, undan to'pni olib qo'yish qiyin, shu bilan birga u yuksak mahoratga ega. Zidan — yaxshi namuna"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!